27-noyabr kuni Nomoddiy madaniy meros muhofazasi bo‘yicha qo‘mita Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritish uchun nomzodlarni ko‘rib chiqdi, deb yozadi YuNESKO tashkiloti matbuot xizmati.
Ushbu ro‘yxatga 34 ta yangi element, shu jumladan O‘zbekistondagi askiya san’ati, Turkiyadagi Ebru marmar qog‘oz tayyorlash san’ati hamda “Vi” va “Zyam” Vyetnam xalq qo‘shiqlari kiritildi.
Nomoddiy madaniy meros avloddan-avlodga beriladigan madaniy an’analarni, jumladan xalq og‘zaki ijodi, ijtimoiy urf-odatlar, tantanali bayramlar, shuningdek tabiat va koinotga, an’anaviy hunarmandchilikka tegishli bilimlarni o‘z ichiga oladi.
Ro‘yxatda, yangi kiritilganlarni hisobga olganda 314 ta element mavjud. U turli jamiyatlarning an’ana va urf-odatlariga e’tiborni jalb qilishga chaqiradi.
Izoh (0)