O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 27-noyabr kuni O‘zbek milliy akademik drama teatrining 100 yilligi munosabati bilan teatr ijodkorlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Farmon O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan e’lon qilindi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekistonda professional teatr san’atini rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, O‘zbekiston xalqining boy madaniy merosi va an’analarini asrab-avaylash, yurtdoshlar, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy olamini yuksaltirish, milliy va umumbashariy qadriyatlar, Vatanga mehr va sadoqat ruhida kamol toptirish ishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar taqdirlandi:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan
- Nabiyev Asadillo Suvanovich — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori;
- Yusupova Tuti — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori;
- Ikramova Dildorxan — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori;
- Masudov Fatxulla Xusanovich — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori;
- Abduvaxabov Abduraim Abdullaxayyevich — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori;
- Kurbanov Babaniyaz — O‘zbek Milliy akademik drama teatri rassomi;
- Soy Svetlana Menginovna — O‘zbek Milliy akademik drama teatri rassomi;
- Aripdjanov Maxmudjon Okiljanovich — O‘zbek Milliy akademik drama teatri yoritish bo‘limi boshlig‘i;
- Qilichov Mirolim Husniddinovich — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori.
Izoh (0)