Ma’lumki, FIFA “Oltin to‘p” sovrindorini aniqlashda barcha mamlakat terma jamoalari bosh murabbiy va sardorlari ovoz beradi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ushbu so‘rovnomada kimlarga ovoz bergani aniqlandi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Mirjalol Qosimov Germaniya terma jamoasi bilan JCh — 2014’da zafar quchgan Tomas Myullerni birinchi o‘ringa loyiq deb topgan. Ikkinchi o‘ringa gollandiyalik Aren Robben munosib ko‘rilgan. Kuchli uchlikni Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi yakunlab bergan.
Eslatib o‘tamiz, g‘olibni taqdirlash marosimi 12-yanvar kuni Syurix shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)