Angliya shimolidagi Yorkshir grafligida joylashgan o‘rdak fermasida parranda grippi virusi aniqlandi, deya xabar bermoqda “TASS” mamlakat atrof-muhit muhofazasi, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti vazirligiga tayanib.
Vazirlik ta’kidlashicha, hodisa kishilar sog‘lig‘i uchun “juda kichik” xavfga ega. U xo‘jalikda kamida bitta parrandada gripp aniqlanganini xabar qildi.
Xavfsizlik yuzasidan parranda grippi topilgan fermadagi barcha qushlarni yo‘q qilishga qaror qilindi. Ferma atrofida 10 kilometrli karantin zonasi tashkil qilindi.
Yorkshirda parranda grippining aynan qaysi shtammi aniqlangani va u odam uchun qay darajada xavfli ekani xabar berilmayapti.
Avvalroq ushbu grippning odam uchun xavfli shtammi Niderlandiyadagi qush fabrikasida topilgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)