Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zi uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan YotaPhone 2 smartfonini xarid qilmoqchi. Bu haqda Qodirov o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Ramzan Qodirov ushbu qarorga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin tomonidan Xitoy rahbari Si Szinpinga ushbu smartfon sovg‘a qilinganidan keyin kelgan.
“Mutaxassislar smartfonlarning kelajagi borligini aytmoqda. Bizning mobil telefonlar bozorimiz jahonda eng yiriklaridan biri sifatida baholangan. Men o‘zimga YotaPhone 2 buyurtma berdim. Aminmanki, siz ham shunday qilasiz”, − deb yozgan Qodirov.
Izoh (0)