O‘zining uch yilligi munosabati bilan Click kompaniyasi smartfon egalari uchun ishlab chiqarilgan “Click-pomoshchnik” ilovasi sezilarli darajada yangilanib, Click foydalanuvchilariga taqdim qilinganini mamnuniyat bilan xabar qiladi.
Taqdim qilingan ilovaning eng asosiy yangiliklaridan biri bepul push-xabarnomalarni olish imkoniyatidir. Endilikda ularning kiritilishi natijasida ilova foydalanuvchilari har bir operatsiya muvaffaqiyatli oshirilganda qisqa 880 raqamdan yuborilgan pullik SMS-xabarnomalarni olmaydi. Ushbu SMS-xabarnomalar har birining narxi 0,005$ edi. Yangilangan ilova o‘rnatilgandan keyin 880 qisqa raqamdan keladigan barcha xabarnomalar internet kanali orqali bepul yetkaziladi.
Shu bilan birga ilovaga boshqa yangiliklar, xususan, yangi bo‘limlar kiritildi:
- “Moi karti” (“Mening kartalarim”) bo‘limi orqali bir necha karta ulatgan foydalanuvchilar o‘z kartalarini operativ boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu bo‘limda yana Duet kartalarni Click tizimiga ulatish imkoniyati ham joriy qilingan.
- “Podderjka” (“Yordam”) bo‘limi orqali foydalanuvchilar Click tizimining eng so‘nggi yangiliklaridan xabardor bo‘lishi mumkin va to‘lovlar yuzasidan savollar paydo bo‘lganda ularni onlayn tarzda tun-u kun ishlaydigan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yuborishi mumkin.
- “Vistavlenniye scheta” bo‘limida foydalanuvchiga chiqarilgan hisoblar ro‘yxati keltiriladi. Shu joyning o‘zida ushbu hisoblarni ko‘rish, ularni to‘lash yoki bekor qilish mumkin.
Ilovaning yangi versiyasi Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlar uchun taqdim qilindi. iOS tizimida ishlaydigan smartfonlar uchun esa yangilangan ilova yaqin vaqt ichida ishga tushadi.