Toshkentdagi IlkhomCinemaClub kinoklubi taniqli rejissyor Vudi Allen filmlari haftaligini o‘tkazadi. Bu haqda Afisha.uz’ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Haftalik davomida Vudi Allenning uchta filmi namoyish etiladi. Jumladan, 10-noyabr kuni “Match point” (2005-yilda suratga olingan), 12-noyabr kuni “Parijdagi yarim tun” (“Midnight in Paris”, 2011) va 15-noyabr kuni “Jigolo niqobi ostida” (“Fading Gigolo”, 2013) filmlari namoyish etiladi.
Qayd etilishicha, tomoshalarga kirish bepul, kim xohlasa, o‘zi istaganicha pul to‘lashi mumkin. Seanslar belgilangan kunlarda 19:00 da boshlanadi.
Izoh (0)