Slovakiyaning Bratislava shahrida “Chellenjer” turkumiga kiruvchi tennis turniri yakunlandi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Mukofot jamg‘armasi 85 ming yevroni tashkil etuvchi turnirda O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov finalda germaniyalik Peter Goyovchikka qarshi kortga chiqdi. Dunyo reytingida 107-o‘rinni egallab turgan Peter Farruxni ikki setda 7:6, 6:3 hisobi bilan taslim qildi.
Shunday qilib, Do‘stov Bratislavada o‘tgan musobaqada ikkinchi o‘rinni band etdi.
Izoh (0)