2010-yil dekabr oyidan buyon birinchi marta AQShda benzin narxi bir gallon uchun 3 dollar (bir litri – 0,79 dollar)dan pastga tushdi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Shunday qilib, hozir benzin AQShda bir galloni 3,73 dollar bo‘lgan sutdan arzonroqqa sotilmoqda. Amerika avtomobolchilari assotsiatsiyasi (AAA) ma’lumotlariga ko‘ra, odatda benzin narxi kuzda pasayadi, biroq bu yil jahon bozorida neft narxining tushishi natijasida pasayish yanada tezlashgan.
G’arbiy Texas och nefti turidagi “qora oltin” yakunlanayotgan haftada Nyu-York Tovar birjasida 0,7 foizga arzonlashib, bir barreli 80,54 dollarga teng bo‘lgan. Yoqilg‘i narxining pasayishi evaziga amerikalik iste’molchilar shu yil yozdagiga nisbatan har kuni 250 million dollar tejab qolayotgani qayd etilgan.
Izoh (0)