Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlari aholisiga gumanitar yordam ortilgan avtokolonna yuboradi, deb xabar berdi Korrespondent.net.
Idora vakillaridan biri “Bugun soat 15:00 da Moskva yaqinidagi Noginsk shahridan Donetsk va Lugansk viloyatlari aholisi uchun yuboriladigan, tarkibida 50 ta mashina bo‘lgan avtokolonna yo‘lga tushadi” — deya ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Donbassdan kelib tushayotgan yordam berish haqidagi bir qancha iltimosnomalardan so‘ng, Rossiya gumanitar konvoy yubormoqchi ekanligini kuni kecha ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)