Rossiya Federeatsiyasi prezidenti Vladimir Putin G‘arb davlatlari tomonidan Moskvaga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalarning ta’siri borligini qisman tan oldi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
“Sanksiyalar, albatta, bizga xalal beryapti. Bu sanksiyalar orqali bizga zarar yetkazishni, taraqqiyotimizga to‘siq qo‘yishni, siyosat, iqtisodiyot va madaniyatda o‘z-o‘zimizni izolyatsiya qilishga, ya’ni qoloqlikka olib borishni istashmoqda. Lekin yana bir marta ta’kidlashim joizki, hozir dunyo butunlay o‘zgargan”, − dedi Putin “Valday” klubi munozaralarida.
Shuningdek, Rossiya prezidenti Moskva hech kimdan hech nimani so‘rashga hozirlanmayotganini va hozirgi iqtisodiy sharoitlarda ishlashda davom etishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)