Yer shari aholisi yaqin soatlarda Quyoshning qisman tutilishini kuzatishlari mumkin. AQSh, Kanada va Meksika aholisi 23-oktabr, payshanba kuni, Rossiyada esa Uzoq Sharq aholisi 24-oktabr, juma kuni mazkur hodisaning guvohi bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston hududidan ushbu tutilishni kuzatish mumkin bo‘lmaydi. Bu haqda NASA'ga tayangan holda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Olimlarning ogohlantirishicha, Quyosh tutilishi vaqtida unga himoya vositalarisiz boqish xavfsiz emas. Bu astronomik hodisa vaqtida Oy Quyoshni qisman yoki to‘liq yopishiga qaramay, Quyosh baribir yorug‘ligicha qoladi.
Avvalgi Quyosh tutilishi 29-aprelda kuzatilgan bo‘lib, u halqa ko‘rinishida bo‘lgan. Bunday tutilishda Oyning diametri Quyoshdan kichikroq bo‘lib ko‘rinadi va Oy Quyoshni to‘liq yopmaydi.
Keyingi Quyosh tutilishi 2015-yilning 20-martida kuzatiladi va unda to‘liq tutilish bo‘lishi kutilmoqda. Bunda uni qisman Yevropa, Markaziy Osiyo va Rossiyaning g‘arbiy qismidagi aholi ko‘rishi mumkin.
Izoh (0)