Ertaga Toshkentda 20-turning qoldirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin amalda chempionlik masalasini hal qiladi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Uchrashuvning ahamiyatini inobatga olgan O‘zbekiston futbol federatsiyasi bu o‘yinga Birlashgan arab amirliklari hakamlarini taklif qildi.
O‘yin “Lokomotiv” stadionida 21-oktabr kuni soat 17:00 da boshlanadi.
Oliy liga, 20-turning qoldirilgan uchrashuvi
“Lokomotiv” (Toshkent) — “Paxtakor” (Toshkent)
Hakamlar: Ammar Ali Abdulloh al-Jeneybiy, Hasan Muhammad Hasan al-Mahriy, Zayid Dovud Salmon Kamol (barchasi — BAA), D.Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi: A.Popov (Toshkent).
Izoh (0)