Gollivud aktyori Kristian Beyl Uolter Ayzekson asariga asoslangan, Apple asoschisi Stiv Jobs haqidagi yangi filmda suratga tushish bo‘yicha Sony Pictures bilan muzokaralar olib bormoqda. Avvaliga ushbu filmda Leonardo Di Kaprio suratga tushishi lozim edi, ammo aktyor bu taklifni rad qildi. Tasvirga olish ishlari 2015-yilning bahor oyida boshlanadi, deb xabar bermoqda Variety .
Ayzekson romanini ekranlashtirish huquqini Sony Pictures 2011-yildayoq qo‘lga kiritgan edi. Filmga Denni Boyl rejissorlik qiladi. Ssenariy Aaron Sorkin muallifligida yozilgan.
Kartinada asosiy e’tibor Jobs karyerasida muhim o‘rin tutgan uchta yangi mahsulot taqdimotiga qaratiladi. Bular – Macintosh va NeXT kompyuterlarining hamda iPod pleyerining taqdimotlaridir (tegishlicha 1984, 1988 va 2001-yillarda bo‘lib o‘tgan).
Stiv Jobs haqida 2013-yilda ham badiiy film ishlangan bo‘lib, unda bosh rolni Eshton Katcher ijro etgan.
Kristian Beyl hozirgi kunda eng talabgir gollivud aktyorlaridan biri hisoblanadi. 2010-yilda aktyor “Jangchi” (“Боец”) filmi uchun “ikkinchi darajadagi eng yaxshi erkak roli” yo‘nalishida “Oltin globus” va “Oskar” mukofotlari sovrindori bo‘lgan.
Izoh (0)