Yaponiyada bo‘lib o‘tgan “Yil avtomobili” tanlovida Yevropada Mazda 2 sifatida tanilgan Mazda Demio xetchbeki 2014-yilning eng yaxshi modeli deb topildi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar berdi.
Xorijlik ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi avtomobili sifatida esa Mercedes Benz C-klass topildi. Qo‘llanilgan innovatsiyalar bo‘yicha BMW i3 g‘olib bo‘ldi, “key-kar” deb ataluvchi kompakt avtomobillar nominatsiyasida esa Honda N-WGN birinchilikni qo‘lga kiritdi.
Toyota kompaniyasiga vodorod bilan harakatlanuvchi Mirai avtomobilini ishlab chiqqani uchun maxsus sovrin topshirildi. 2014-yilning eng yaxshi avtomobili tanlovida jami 17 yapon va 21 xorij modellari bahs olib bordi.
Izoh (0)