AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygel 15-oktabr kuni AQSh Armiyasi Uyushmasi (quruqlik qo‘shinlari) yillik yig‘ilishida chiqish qilib, amerikalik harbiy xizmatchilarni Rossiya bilan to‘qnashuv ehtimoliga tayyor turishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“AQSh armiyasiga qo‘yilayotgan talab tobora turlicha va murakkab bo‘lib bormoqda. Terrorchilar va qo‘zg‘olonchilar tomonidan kelayotgan tahdid hali uzoq yillar davomida tugamaydi. Lekin biz NATO ostonasida turgan zamonaviy va urush qobiliyatiga ega armiyasi mavjud Rossiya bilan ham to‘qnashishimiz mumkin”, − dedi Pentagon rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda AQSh Qurolli kuchlari Tinch okeani qo‘mondonligi hududida 80 ming, Markaziy qo‘mondonlik nazorat hududida 40 ming, Yevropada 28 ming, shuningdek, Afrika va Janubiy Amerikada bir necha ming amerikalik askarlar xizmat qilmoqda.
Izoh (0)