Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan Ebola bezgagi epidemiyasiga qarshi kurashish uchun 25 million dollar ajratdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Biz eng yaqin vaqt ichida kasallik tarqalishi ustidan nazoratni qo‘lga olshimiz kerak”, − dedi milliarder o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali. Uning fikricha, aks holda bu sog‘liqni saqlash sohasida uzoq yillik jahon inqiroziga olib kelishi mumkin.
Sukerberg o‘zi ajratgan mablag‘ epidemiyaga qarshi kurash yo‘llarini izlayotgan ekspertlarning tadqiqotlarini tezlashtirishiga umid bildirgan. Xayriya AQShning Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari jamg‘armasiga o‘tkazib berilgan.
Izoh (0)