12-oktabr holatiga ko‘ra Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida sotilayotgan iPhone 6 smartfonlarining narxlari “Parol” nashri tomonidan e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra O‘zbekistonda eng qimmat iPhone 6 Plus smartfoni 4 350 000 so‘mdan sotilmoqda.
“Parol” nashri ushbu summaga yana nimalar qilish mumkinligi bilan ham qiziqdi. Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi eng qimmat iPhone 6 Plus smartfonining puliga Toshkent shahridagi “Korzinka.uz” do‘konida sotilayotgan 1,5 litrli Coca-Cola ichimligidan 1090 donasini xarid qilish mumkin.
Shuningdek, ushbu smartfonning puliga universitet shartnoma to‘lovining necha foizini amalga oshirish, nechta lavash sotib olish va Lacetti avtomobilining qancha qismiga ega bo‘lish haqida “Parol” nashrining ushbu maqolasida tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)