Elektr yordamida harakatlanuvchi avtomobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi o‘zining superkarini taqdim etdi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Avtomobil Model S P85D deb nomlandi. Ushbu avtomobil joyidan qo‘zg‘alib, 96,5 km/soat tezlikka erishish uchun 3,2 soniya sarflaydi. Shu bois, u kompaniyaning superkari hisoblanadi. Albatta Tesla’ning ushbu elektromobili arzon emas. U eng kamida 120 170 dollardan sotila boshlanadi.
Xuddi shunday tezlikka ega avtomobillar va ularning narxlari bilan esa “Parol” nashrining ushbu maqolasida tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)