2014-yil 8-mart kuni Kuala-Lumpurdan Pekinga parvoz etayotib, radarlardan yo‘qolib qolgan Malaysia Airlines aviakompaniyasiga qarashli Boeing 777-200ER samolyotini Hind okeanida qidirish ishlari yangilandi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
Qidiruv uchun jalb etilgan uchta kemaning birinchisi − Go Phoenix Avstraliyaning g‘arbiy sohilidan 1,8 ming kilometr uzoqlikda joylashgan hududga kirib kelgan. Kema okeanda 12 kun bo‘lib, keyin yoqilg‘i to‘ldirish uchun qirg‘oqqa qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, Hind okeanining janubiy qismiga qulagani taxmin qilinayotgan samolyotning bortida 227 nafar yo‘lovchi va 12 ekipaj a’zolari bo‘lgan.
Izoh (0)