Bugun AQSh dollarining Rossiya rubliga nisbatan qiymati tarixda eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi, deb xabar bermoqda “Vedomosti” gazetasi. Moskva vaqti bilan soat 10:01 da tomorrow hisob-kitoblari bo‘yicha dollar kursi 6,3 kopeykaga oshib, 40,02 rublni tashkil etgan.
Yevro kursi esa 17 kopeykaga oshib, 50,11 rublni tashkil qilgan. Moskava vaqti bilan soat 11:15 da dollarning rublga nisbatan qiymati 3,5 kopeykaga pasayib, 1 dollar 39,92 rublga teng ko‘rinishga kelgan.
Rossiya Markaziy banki valyuta koridorlari chegaralarini o‘zgartirib, rubl qiymatining pasayishini nazorat qilishga urinmoqda. Ekspertlar neft narxining pasayishi rubl qiymatiga bosim o‘tkazayotganini ta’kidlamoqda.