2014-yil 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Birlashgan millatlar tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmatiga tayanib, UzDaily.uz xabar bermoqda.
Suhbat mobaynida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, xalqaro muammolar muhokama qilindi.
Pan Gi Mun BMT tomonidan O‘zbekistonda oktabr oyida o‘tkaziladigan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro anjumanga bo‘lgan katta qiziqishni alohida e’tirof etib, anjuman maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston va BMT manfaatlari doirasidan joy olgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)