Xitoyning Shandun provinsiyasida olti oyoqli buzoq tug‘ildi, deya xabar bermoqda Daily Mail.
Buzoqning egasi aytishicha, jonivorning bo‘ynidan o‘sib chiqqan qo‘shimcha oyoqlari unga hech qanday noqulaylik tug‘dirmayapti. Shu bilan birga, buzoqcha ularni qimirlata olmaydi.
Veterinarlar hayvonning ortiqcha oyoqlarini hech qanday to‘siqsiz olib tashlashi mumkin, chunki ular muhim arteriyalar va qon tomirlari bilan bog‘lanmagan. Biroq buzoqchaning xo‘jayini bunday operatsiya o‘tkazishni xohlamayapti, u jonivorni g‘ayrioddiy hayvonlar zooparkiga sotmoqchi.
Dastlab fermer buzoqchaning bunday ko‘rinishda dunyoga kelishiga provinsiyada joylashgan korxonalar ajratib chiqargan zararli chiqindilar tufayli yuzaga kelgan mutatsiya sabab bo‘lganini taxmin qilgan. Biroq veterinarlarning ta’kidlashicha, jonivor onasi qornidaligida boshqa homila — egizagini o‘ziga singdirib olgani bunga sababchidir.
Izoh (0)