“Мобильные ТелеСистемы” (MTS) OAJ aksiyalariga Amerika depozitar tilxatlari tushib bormoqda. Nyu-York fond birjasi (NYSE) ma’lumotlari shundan darak bermoqda. Bunga “Sistema” AMKning asosiy xo‘jayini Vladimir Yevtushenkovga nisbatan ayblov e’lon qilingani sabab bo‘ldi, deb yozadi Fraza.ua.
“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, 16-sentabr, seshanba kuni Rossiya tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markin Yevtushenkovning pul mablag‘larini “yuvish”da ayblanganini ma’lum qilgan. U uy qamog‘ida saqlanmoqda.
“Sistema” aksiyadorlik moliyaviy korporatsiyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati — Rossiya moliyaviy sanoat guruhi bo‘lib, u MTS mobil operatori aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiladi. “Sistema” direktorlar kengashi raisi Vladimir Yevtushenkov Rossiyaning eng boy biznesmenlari 20 taligiga kiradi. Mahalliy Forbes nashri uning davlatini 9 milliard dollarga baholagan.
Izoh (0)