AQSh prezidenti Barak Obama 3000 nafar harbiyni G‘arbiy Afrikaga Ebola virusiga qarshi kurashish uchun jo‘natadi. Vashington, shuningdek, tibbiy xodim tayyorlash va Afrika mamlakatlarida gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha katta loyihani yo‘lga qo‘ymoqda, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Amerika yetakchisi AQShdagi Atlanta shahrida joylashgan kasalliklar profilaktikasi va nazorati bo‘yicha markazga tashrif buyurib, sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari bilan uchrashadi va Ebola bezgagi bilan bog‘liq vaziyatlar haqida bayonot beradi.
Pentagon bergan axborotga ko‘ra, harbiylarni jo‘natish va tibbiy xodimlarni o‘qitish uchun mo‘ljallangan 17 markazni qurish uchun 500 million dollar ajratiladi.
Oq uyning ma’lum qilishicha, hozirga qadar Ebola epidemiyasi 2,4 ming kishining umriga zomin bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Ebola bezgagi G‘arbiy Afrikada fevral oyida avj olib ketdi. Haligacha unga qarshi samarali vaksina yaratilmadi. Epidemiya qon, turli ajralma (ter, yiring kabi)lar, shuningdek, bemorning zaharlangan buyumlari orqali yuqib, o‘limga olib kelishi mumkin.
Izoh (0)