Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli FIDE Gran-prisining so‘nggi bosqichida O‘zbekiston vakili Nafisa Mo‘minova 28-avgust kuni rossiyalik Tatyana Kosinseva bilan murosaga keldi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Nafisaning qora donalarda o‘ynagani va reytingda raqibasining yuqoriroqda joylashgani inobatga olinsa, bu yomon natija emas.
4-tur natijalari:
Koneru — Xou Ifan: 0-1
Chju Venjun — Daniyelyan: 1-0
Ju Chen — Batchimeg: 0-1
Ushenina — L’ami: 1-0
Chjao Ksyu — Xarika hamda Kosinseva — Nafisa Mo‘minova partiyalarida durang qayd etildi.
4-turdan keyingi vaziyat:
1. Chju Venjun — 3,5;
2-5. Xarika, Ushenina, Xou Ifan, Batchimeg — 3 tadan
6. Kosinseva — 2,5
7. Chjao Ksyu — 2
8-9. Koneru, Daniyelyan — 1,5 tadan
10. Nafisa Mo‘minova — 1
11-12. Ju Chen, L’ami — 0.
Izoh (0)