• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi ochildi

    2014-yil 28-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi ochildi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

    Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisidan lavha. Foto: uza.uz

    Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisidan lavha. Foto: uza.uz

    Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I. Sobirov olib bordi.

    Senatorlar o‘z ishlarini O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqishdan boshladi.

    Senatorlarning fikricha, ushbu qonun ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy maydon yaratishga, mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar samaradorligini oshirishga, katta ijtimoiy ahamiyatga molik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va qonun hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish jarayonida aholining keng qatlamlari manfaatlarini har tomonlama hisobga olishga yordam beradi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

    So‘ngra senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini va Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi ‘Milliy axborot resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’gi PQ-1572-sonli qarorini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarorini ijro etish doirasida ishlab chiqilgan “Tijorat siri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi.

    Senatorlar ta’kidlaganidek, qonunning qabul qilinishi ijtimoiy manfaatlar sohasidagi tijorat siri rejimini o‘rnatish jarayonini huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qiladi va u bir qator yangiliklarni o‘z ichiga oladi.

    Qonun normalarining ro‘yobga chiqarilishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar samarali ish olib borishi uchun qulay sharoit yaratish imkonini beradi, shuningdek, axborot texnologiyalarini, ishlab chiqarish yangiliklarini, nou-xaular va innovatsiyalarni yanada rivojlantirishga rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi, bu esa pirovardida iqtisodiyotning yanada o‘sishiga va respublikamizning ravnaq topishiga olib keladi. Senatorlar qonunni ma’qulladi.

    Senatorlar O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan “‘Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ham ko‘rib chiqdi.

    Muhokama jarayonida senatorlar qonun birja faoliyati va birjalar ishi masalalarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotidan foydalanish uchun shart-sharoit, shuningdek, mamlakatimiz birja bozorining jahon birja bozoriga integratsiyalashuvi uchun mexanizmlar yaratishini alohida ko‘rsatib o‘tdi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

    Shundan so‘ng, senatorlar asosiy maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq sohalaridagi amal qilib turgan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishdan iborat bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi.

    Ushbu qonunning asosiy qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 25-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlarni ro‘yobga chiqarish sohasidagi qonun ijodkorligi ishlari dasturi to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq tayyorlangan.

    U bilan bir qator qonunlarga: “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi, «Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlarga, Bojxona kodeksiga, Jinoyat-protsessual kodeksga, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, bir qator boshqa qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

    Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

    Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisidan lavha. Foto: uza.uz

    Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisidan lavha. Foto: uza.uz

    Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risidagi hisobotini tingladi.

    Prokuratura organlarining alohida e’tibori fuqarolarning Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquq hamda erkinliklarini himoya qilishga qaratildi.

    Shu bilan birga, g‘oyat muhim davlat dasturlarini, jumladan, tadbirkorlik faoliyatini, fermer, dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasidagi dasturlarni ro‘yobga chiqarishga, ular faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish hollariga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijro etilishini nazorat qilishga muhim e’tibor berildi.

    Senatorlar prokuratura organlarining fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalarni bildirdi.

    Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2013-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tingladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobot yilidagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 18-yanvardagi majlisidagi ma’ruzasida belgilangan, mamlakat bank tizimining barqaror rivojlanishini va ishonchliligini ta’minlash hamda uning yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini, makroiqtisodiy muvozanatlilikni, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish hamda diversifikatsiyalashni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dasturiy vazifalarni ham bajarishga qaratilganligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Yalpi majlis qatnashchilari mamlakat bank tizimini izchil va aniq maqsadni ko‘zlab isloh qilish hisobot davrida banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasi yuqori sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlash, banklarning barqarorligini mustahkamlash hamda yuqori xalqaro ko‘rsatkichlarga erishishga, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmlari ortishiga imkon berganligini ta’kidladi.

    Aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bank tizimiga bo‘lgan ishonchning tobora o‘sib borayotganligi qayd etildi. Chunonchi, tijorat banklaridagi depozitlarning umumiy hajmi 2013-yil mobaynida 30,2 foizga ko‘paydi. Natijada hozirgi kunda O‘zbekistonning barcha banklari xalqaro reyting agentliklari tomonidan “barqaror” reyting bahosiga ega bo‘lgan mustahkam banklar deb e’tirof etildi.

    Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan senatorlar tegishli qarorlar qabul qildi.

    29.08.2014, 11:13   Izoh (0)   7072
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston maktablari 587 ming o‘quvchini birinchi sinfga qabul qiladi

    28.08.2014, 14:38

    Ispaniyalik rassom o‘z suratlarida O‘zbekistonga sevgi izhor etdi

    28.08.2014, 11:31

    Navoiy kon-metallurgiya kombinati Hindistonga uran rudasi konsentratini yetkazib beradi

    27.08.2014, 15:19

    Rossiyada yangi tug‘ilgan farzandini 35 ming rublga pullagan O‘zbekiston fuqarosi uch yilga qamaldi

    27.08.2014, 14:19

    Rossiya aeroportida o‘zbekistonlik va tojikistonlik yo‘lovchilardan 27 kg meva va sabzavotlar olib qo‘yildi

    27.08.2014, 13:52

    Namangan kardiologiya markaziga Farg‘ona vodiysida yagona angiograf o‘rnatildi

    27.08.2014, 10:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy ko‘prik qurish uchun tog‘ni ikkiga bo‘ldi (video)

    Dunyo | 6 avgust, 14:32

    “Real” futbolchisiga A Seriyaning yetakchi jamoalari qiziqish bildirmoqda

    Sport | 6 avgust, 14:29

    Bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlaydigan tibbiy uskuna ishlab chiqildi

    Texnologiyalar | 6 avgust, 14:20

    Tramp 8-avgust kuni Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari bilan uchrashadi

    Dunyo | 6 avgust, 14:08

    Arqadag‘ protokol tartib-qoidalaridan chetga chiqib, Shavkat Mirziyoyevni shaxsan kuzatib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 13:54

    Turkiya aviakompaniyasi bortga poverbank olib chiqishni taqiqladi

    Dunyo | 6 avgust, 13:45

    “Manchester Yunayted” Dushan Vlahovich transferidan voz kechdi

    Sport | 6 avgust, 13:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.