Xitoyning Chengdu shahrida davom etayotgan klublar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi.
Ilk turda Yaponiya chempioni — “Nagoya Oushens”ga mag‘lub bo‘lgan “Lokomotiv”, ikkinchi turda Xitoyning “Shenjen Nanling” klubiga qarshi to‘p surdi. Ahad Yusupov shogirdlari mazkur uchrashuvda raqibiga 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va klublar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati guruh bosqichidan chiqish imkoniyatidan mahrim bo‘ldi. Dastlabki ikki turda ham g‘alaba qozongan Yaponiyaning “Nagoya Oushens” va Xitoyning “Shenjeng Nanling” klublari guruhdan keyingi bosqichga chiqdi.
Toshkentning Lokomotiv klubi musobaqaning 3-tur uchrashuvini ertaga, Avstraliya chempioni “Vik Vipers” klubiga qarshi o‘tkazadi.
Futzal. Klublar o‘rtasidagi OCh. (“A” guruhi, 2-tur)
“Lokomotiv” (O‘zbekiston) — “Shenjen Nanling Tiyelang” (Xitoy): 2:6
Gollar: O. Xolmuhamedov 20, A. Yunusov 30, K. Lin 6, L. Shiming 8, 13, R. Klaro 10, 38 Z. Liang 14
Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 1-turida ham mag‘lubiyatga uchragandi.
Izoh (0)