AQShning Nyu-York shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSh Ochiq chempionatining asosiy to‘r bahslari davom etmoqda. Umumiy mukofot jamg‘armasi 38 million 300 ming dollarni tashkil etuvchi musobaqaning asosiy to‘rida Denis Istomin turnirning 12-raketkasi — fransiyalik Rishar Gaskega imkoniyatni boy berdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
7:5, 7:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozongan fransuz raketka ustasi kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Denis mag‘lubiyatiga qaramay, shunchaki turnirda qatnashgani uchun 35 ming 754 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasidagi turnir g‘olibi esa o‘z hamyonini uch million dollarga boyitib oladi.
Izoh (0)