Braziliyaning San-Paulu shtatida bortida ushbu mamlakat prezidentligiga nomzod Eduardu Kampus bo‘lgan samolyot halokatga uchradi. Aviahalokat natijasida 49 yoshli siyosatchi vafot etdi, deya xabar berdi“ITAR-TASS” Braziliya telekanallaridan biriga tayanib.
Rio-de-Janeyrodan uchgan “Sessna” samolyoti Guarulyos aeroporti qo‘nish yo‘lagiga kirish arafasida turar joy dahasiga qulab tushdi.
Kelib tushgan xabarlarga ko‘ra, “Sessna” bortida bo‘lgan jami yetti kishi, jumladan ikki uchuvchi halok bo‘lgan. Siyosatchiga maslahatchi, fotosuratchi, operator hamrohlik qilgan.
Avvalroq Pernambuku shtatiga rahbarlik qilgan Eduardu Kampus joriy yilning oktabrida bo‘lib o‘tadigan mamlakat prezidentligiga saylovlarda o‘z nomzodini Braziliya sotsialistik partiyasi nomidan qo‘ymoqchi bo‘lgan.
Braziliya prezidenti Dilma Russef Eduardu Kampus vafoti munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam e’lon qildi. Shu muddatga Russef saylovoldi kampaniyasi doirasidagi barcha tadbirlar bekor qilindi.
Izoh (0)