Yaponiya 5-avgust, seshanba kuni Ukraina suvereniteti daxlsizligiga xavf solayotgan rossiyaparast ayirmachilarni qo‘llayotgani uchun Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Yaponiyaning Kyodo News axborot xizmati xabar berdi.
AQSh va Yevroittifoq Moskvaga kengaytirilgan sanksiyalar kiritganidan so‘ng, Yaponiya ham chora ko‘rishini ma’lum qilgandi. O‘tgan haftada e’lon qilingan mazkur qaror bugun tongda mamlakat Bosh vaziri Shinzo Abe tomonidan rasman ma’qullanishi bilanoq kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, G‘arb davlatlari rossiyaparast ayirmachilarni Malayziya “Boing”ini qulatgan raketani uchirganlikda gumon qilmoqda.
Izoh (0)