Isroil Harbiy-havo kuchlari 29-iyul, seshanbaga o‘tar kechasi G‘azo sektorida HAMAS harakati rahbari, anklav sobiq bosh vaziri Ismoil Xoniyaning uyiga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Arab telekanallari xabariga ko‘ra, Esh-Shati falastinlik qochoqlar lageridagi aqidaparastlar rahbari qarorgohini ko‘zlab g‘arb tomonga G‘azo shahridan uchta raketa otilgan.
Uy bo‘m-bo‘sh bo‘lgani uchun hech kimga ziyon yetmagan, biroq bino vayron bo‘lgan.
Izoh (0)