22-iyul, seshanba kuni Indoneziya saylov komissiyasi prezidentlik saylovlarining natijalarini e’lon qildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan saylovda mamlakat poytaxti Jakarta hokimi Joko Vidodo 53 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Natijalar e’lon qilinishidan bir necha soat avval Vidodoning raqibi — iste’fodagi general Prabovo Subianto ovozlarni hisoblashda bir qator qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini aytib, nomzodini qaytib olishi haqida ma’lum qildi.
Indoneziya qonunchiligiga ko‘ra, prezidentlik saylovidan chiqqan kishi besh yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Subiantoga nima bo‘lishi hozircha ma’lum emas.