Xitoy kompaniyasi — Xiaomi o‘zining yangi Mi4 deya nomlangan flagman smartfonini 22-iyul kuni taqdim etadi. Bu haqda Soyacincau.com sayti xabar berdi.
Xiaomi kompaniyasi prezidenti Lin Bin esa o‘zining Facebook’dagi sahifasida Mi4 bilan bog‘liq “Metal bo‘lagining sarguzashti”, deya xabar qoldirgan. Hozircha bu nima ma’no bildirishi ma’lum emas.
Mi4 smartfoni metal ramkali bo‘lib, unda 2,5 GGers chastotaga ega Snapdragon 801 to‘rt yadroli protsessori va 3 Gb tezkor xotira o‘rnatiladi.
Mail.Ru xabar berishicha, Mi4 smarfonida 5,2 dyuymli displey va Sony ishlab chiqargan 13 megapikselli kamera ham bo‘ladi.
Kompaniyaning yutug‘i shundaki, u mahsulotlarini chet davlatlarida ham xuddi Xitoydagi narxi barobarida sotadi. Hozirgi kunda Mi4’dan oldingi Mi3 smartfonining narxi 240 dollar bo‘lsa, kompaniyaning oxirgi ishlab chiqargan qurilmasi – Mi Pad plansheti esa 300 dollar atrofida sotilmoqda.
Izoh (0)