2014-yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 910 million dollarlik qiymatga ega pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan. Bu 2013-yilning shu davriga qaraganda 11,73 foizga kamdir. Bu haqda Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga tayanib, UzDaily xabar berdi.
Rossiyadan O‘zbekistonga amalga oshirilgan har bir operatsiyaning o‘rtacha qiymati 492 dollarni tashkil etdi (2013-yilning birinchi choragida — 513 dollar, -4,1%).
O‘zbekistondan Rossiyaga pul o‘tkazmalari hajmi esa 2013-yil yanvar—martidagi 127 million dollardan 2014-yilning birinchi uch oyida 137 million dollargacha o‘sdi (+7,87%).
O‘zbekistondan Rossiyaga amalga oshirilgan bitta operatsiyada o‘rtacha 1750 dollar jo‘natilgan (2013-yilda 1816 dollar).