“Interfaks” axborot agentligining ma’lum qilishicha, OAVda mamlakat razvedka (qidiruv) xizmati xodimining AQSh josusi deb qo‘lga olingani haqida xabar tarqalgach, Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Berlindagi AQSh elchisi Jon Emersonni huzuriga chaqirdi.
Chorshanba kuni Germaniya prokuraturasi 31 yoshli nemis fuqarosini xorijiy davlatlar razvedka xizmati josusi degan gumon bilan hibsga olinganini xabar qildi, biroq prokurorlar uning kimligi va gap qaysi razvedka xizmati haqida ketayotganini aytmadi.
Ayni damda Spiegel hamda Süddeutsche Zeitung nashrlarida gumondor shaxs Germaniya Federal razvedka agentligida ishlagani va AQSh josusi deb ayblanayotgani haqida ma’lumot berildi. U AQSh Milliy xavfsizlik agentligi tomonidan telefonlarning tinglanishiga doir tergov bilan shug‘ullangan bundestag (Germaniya parlamenti) qo‘mitasi ishlari haqidagi ma’lumotlarni AQShga pul evaziga jo‘natganlikda gumon qilinmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi AQSh elchisi Emersonni vaziyatni oydinlashtirish uchun chaqirilganini aytib o‘tdi.
Izoh (0)