KXDRda mamlakat hududidagi “dushmanlarcha xatti-harakatlari” uchun ikki nafar amerikalik sudlanadi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Mettyu Miller va Jeffri Foullarga qarshi dalillar to‘plangan, bundan tashqari, ularning o‘zlari ayblarini tan olgan. Ayni paytda sud jarayoniga tayyorgarlik ketmoqda. Shimoliy Koreya hukumati voqea yuzasidan AQSh vakillari bilan bog‘langan. Hozircha boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmayapti.
Har ikkala amerikalik KXDRga sayyohlik vizalari bilan tashrif buyurgan. Mettyu Miller 10-aprel kuni qo‘lga olingan. Xabar qilinishicha, u pasport nazoratida vizasini yirtib tashlagan va KXDRga boshpana so‘rab kelganini ma’lum qilgan. Ushbu holat huquqiy tartibning qo‘pol ravishda buzilishi deb qayd etilgan.
Jeffri Foul esa mamlakatga 29-aprel kuni kelgan va iyun boshida KXDRni tark etmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. U o‘zining mehmonxona nomerida Injil kitobini qoldirib ketganlikda ayblanmoqda
Izoh (0)