FIFA referisi Ravshan Ermatov futbol bo‘yicha jahon chempionatida boshqarilgan matchlar soni bo‘yicha rekordni takrorladi, deya xabar berdi UzDaily.
26-iyun kuni Ravshan Ermatov Germaniya va AQSh jamoalari o‘rtasidagi bahsga hakamlik qildi. Bu uning jahon chempionatlaridagi sakkizinchi matchi bo‘ldi.
Hamyurtimiz u kabi sakkizta uchrashuvni boshqargan Joel Kinyu (Fransiya), Xorxe Larrionda (Urugvay) va Benito Archundia (Meksika)lar rekordini takrorladi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov 2010-yil JARda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida beshta uchrashuvga hakamlik qilgan. Joriy turnirda esa u uchta matchni boshqarishga ulgurdi, uning yangi rekord o‘rnatish ehtimoli katta.
Izoh (0)