FIFA intizom qo‘mitasi Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suaresga nisbatan jazo choralarini qabul qildi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Unga ko‘ra, Luis Suares Urugvay terma jamoasi tarkibida to‘qqizta rasmiy o‘yindan chetlatildi. Hujumchi uchun bu jazo 28-iyunda Kolumbiya va Urugvay terma jamoalari o‘rtasida nimchorak final doirasida kechadigan uchrashuvdan boshlanadi. Suares bu o‘yinda va undan keyin o‘tkaziladigan yana sakkizta rasmiy uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.
Shuningdek, Luis Suares to‘rt oy davomida futbolga oid har qanday faoliyat turi bilan (futbolchi, murabbiy, ma’mur va boshqa soha) shug‘ullanishi qat’iyan taqiqlandi. Luis Suares taqiq muddati davomida o‘yinlar vaqtida har qanday futbol stadioniga kirish huquqidan mahrum etilgan. Shu bilan birga futbolchi 100 ming Shveysariya franki miqdorida jarima to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, Luis Suares Urugvay terma jamoasi tarkibida JCh guruh bosqichi, so‘nggi turida Italiya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda raqib himoyachisi Kyellinini tishlab olgan edi.
Izoh (0)