Ruminiyada korrupsiyada gumon qilinib, mamlakat prezidenti Trayan Beseskuning tug‘ishgan ukasi hibsga olindi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Mircha Besesku obro‘-e’tiborli jinoyatchi — Sandu Angelga nisbatan ijobiy sud hukmi chiqarilishi uchun sudya va prokurorlarga pora berganlikda ayblanmoqda.
Shu hafta boshida mahalliy OAVlar yashirin kamera orqali olingan videoyozuvni e’lon qilishganidan so‘ng, Mircha Beseskuni hibsga olish haqida qaror qabul qilingan. Unda Ruminiya rahbarining ukasi qotillik uchun jazolangan jinoyatchi ozod etilgan taqdirda katta rag‘bat berilishini aytgan. Bunda u o‘z akasining ta’siridan foydalanmoqchi bo‘lgan.
Izoh (0)