Ukrainaning Lugansk shahrida bo‘lib o‘tgan artilleriya otishmalarida Rossiya televideniyesining ikki nafar jurnalisti halok bo‘ldi, deya xabar beradi The Guardian Rossiya axborot agentligi ma’lumotiga asoslanib.
Ovoz muhandisi Anton Voloshin Lugansk shahri tashqarisidagi Metalist qishlog‘ida bo‘lgan otishmaning o‘zidayoq halok bo‘lgan bo‘lsa, muxbir Igor Kornelyuk shifoxonada jarrohlik vaqtida olamdan o‘tgan. Uchinchi jurnalist esa tirik qolgan.
“Rossiya 24” kanalining ma’lumotiga ko‘ra, jurnalistlar guruhi Ukraina qochoqlarini suratga olish vaqtida minomyot o‘qlariga duch kelgan.
Izoh (0)