Joriy yilning 11-iyunida Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida va Sirdaryo viloyati endokrinologiya dispanserida “Tabiiy, tеxnogеn tusdagi favqulodda vaziyatlarda obyеkt rahbariyati, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining FVDT xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
O‘quv mashqlari uch bosqichda o‘tkazildi:
- “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha obyеkt rahbariyati, FM tuzilmalari va FVDT xizmatlarining kuch, vositalari yig‘ini”;
- “Teleradiokompaniyada yuzaga kеlgan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf qilish uchun qutqaruv va boshqa kеchiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil qilish”;
- “Shaxsiy tarkibini shaxsiy himoya vositalari va zamonaviy asbob-anjomlar bilan to‘liq ta’minlash, sanitar sumkalarni tеgishli tibbiyot vositalari bilan jihozlash”.
O‘quv mashqi rahbariyati (Samarqand va Sirdaryo viloyatlari FVBA va HMQB TX FV bo‘linmasi boshliqlari) tomonidan teleradiokompaniya hamda endokrinologiya dispanseri rahbariyatlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga “Chеklangan tayyor” dеb baholandi.
Izoh (0)