Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) futbol bozorini o‘rganishga bag‘ishlangan yillik hisobotini taqdim etdi. Unda “Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi hamon dunyoning eng qimmat futbolchisi sifatida qayd etilgan. Argentinalik hujumchining narxi 200,2 dan 232,6 million yevro atrofida, deb xabar berdi Uff.uz Football Observatory saytiga asoslanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng qimmat futbolchilar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasidan Krishtianu Ronaldu (105,7 — 122,9 million yevro), uchinchi o‘rnidan esa Luis Suares (98,5 — 114,5 million yevro) joy egallagan.
Messining narxi 2013-yilga qaraganda 19 million yevroga kamaygan bo‘lsa, Krishtianu Ronalduning narxi 4 million yevroga oshgan.
Ta’kidlash joiz, reytingga faqatgina Yevropaning top-5 chempionatlari vakillari kiritilgan.
Izoh (0)