Ispaniya qiroli Xuan Karlos I taxtdan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda qirollik hukumati raisi Mariano Raxoy ma’lum qildi. Ushbu qarorning sababiga monarxning o‘zi maxsus bayonotida aniqlik kiritishini ta’kidladi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
“Endi uning vorisini taxtga o‘tqazish jarayoni boshlanadi”, — dedi Raxoy. Uning ta’kidlashicha, Ispaniya konstitutsiyasiga muvofiq, merosxo‘r shahzoda Felipening taxtga o‘tirishiga ruxsat beruvchi maxsus qonun qabul qilinishi lozim. “Ispaniya parlamenti tez orada ushbu qonunni tasdiqlaydi”, — deya ishonch bildirdi u.Mavzuga doir
×
Izoh (0)