O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi bosh konsulligi O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarilishi masalasi ko‘rilayotgan shaxslar ro‘yxatini e’lon qildi.
“1992-yil 2-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi haqidagi qonunning 21-moddasiga muvofiq, chet elda doimiy yashaydigan shaxslar besh yil davomida uzrli sabablarsiz konsullik ro‘yxatidan o‘tmasa, bu O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotish uchun asos bo‘ladi”, — deyiladi ro‘yxatga ilova qilingan xabarda.
Fuqarolardan ushbu ro‘yxat bilan tanishib chiqib, o‘ziga tegishli ma’lumotlarni aniqlagan holda, Bosh konsullik bilan bog‘lanib o‘z fuqaroligini saqlab qolish yoki yo‘qotish istagidan xabardor qilishlari so‘ralgan.