Mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Vyetnamning Xoshimin shahrida bo‘layotgan Osiyo chempionatining chorak finaliga yo‘llanma oldi, deb xabar berdi O‘zA.
So‘nggi turda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Janubiy Koreya futbolchilariga qarshi maydonga tushib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa o‘zbekistonliklar yetti ochko jamg‘argan holda guruhda birinchi o‘rinni egallab, chorak finalga yo‘l oldi. Endi hamyurtlarimiz yarim finalga chiqish uchun 7-may kuni “C” guruhida to‘rt ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan Livan futbolchilariga qarshi bahs olib boradi.
Musobaqaning “D” guruhidan joy olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi dastlabki bahsda Qirg‘iziston vakillari bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi turda amaldagi Osiyo chempioni – Yaponiya terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Izoh (0)