Vyetnamning Xoshimin shahrida futzal bo‘yicha Osiyo chempionati bahslariga start berildi. Mazkur qit’a chempionatida “D” guruhida bahslarga kirishgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari birinchi uchrashuvni qirg‘izistonlik futzalchilarga qarshi o‘tkazib, 2:2 hisobida durang natijani qayd etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi tur uchrashuvini 3-may kuni Yaponiya termasiga qarshi o‘tkazadi. Yaponiyaliklar birinchi turda Janubiy Koreya terma jamoasi ustidan 12:0 hisobida zafar quchdi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistonlik futzalchilar Osiyo chempionatida uch bor (2001, 2006, 2010-yillar) kumush va ikki marotaba (2005, 2007-yillar) bronza medaliga sazovor bo‘lgan. 2004-yili bo‘lib o‘tgan qit’a chempionatida esa 4-o‘rinni egallagan.
Izoh (0)