Munisa Rizayeva hamda Jasur G‘oyipovning to‘yi haqidagi xabar va unashtiruv marosimidagi suratlar Instagram’dan yo‘qolib qoldi, deb ma’lum qildi “Sayyod”.
Xabarda ta’kidlanishicha, “Sayyod” nashri tashkil etgan “Varrak-shou”da Munisa Rizayeva unashtiruv marosimidagi videolavhani ko‘rsatgan va to‘y bo‘lishini tasdiqlagan.
Ayni vaqtda xonandalarning ikkalasi ham Instagram’dagi unashtiruv marosimida olingan suratlarni o‘chirgan. San’at olamida esa to‘yning to‘xtatilishi bilan bog‘liq turli mish-mishlar tarqalgan.
Munisa Rizayeva yaqin kunlarda “Sayyod”ga intervyu berib, barchasiga oydinlik kiritishga va’da bergan.
Izoh (0)