Google’ning haydovchisiz yuradigan avtomobillar yaratish bo‘yicha dasturi muvaffaqiyatli kechmoqda: endi ushbu mashinalar katta shaharlardagi murakkab yo‘l vaziyatlarida ham mo‘ljalni to‘g‘ri olishni o‘rgandi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Endi Google avtomobil atrofidagi yuzlab turli obyektlarni, jumladan piyodalar, avtobuslar, yo‘l harakati va ta’mirlash ishlari belgilari va hattoki, velosipedchilarning maxsus ishoralarini ham bir vaqtning o‘zida anglay oladi.
Dastur boshidan buyon Google’ning o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillari millionlab kilometr yo‘l bosib, turli ma’lumotlarni yig‘di hamda kutilgan (qizil chiroqda to‘xtash) va kutilmagan (qoidani buzib o‘tib ketish) hodisalarga reaksiya qilishni o‘rgandi.
O‘z hisobot videosida kompaniya shahar sharoitidagi murakkab yo‘l vaziyatlaridan haydovchisiz avtomobillarning muvaffaqiyatli chiqib ketishini namoyish etdi. Unda mashina temir yo‘lni kesib o‘tish va serqatnov piyodalar o‘tish joylaridan yurgan.
Izoh (0)