O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiya Birinchi kanalidagi “Toch v toch” (“Xuddi o‘zginasi”) shousining sakkizinchi turida Alla Pugachyova qiyofasida sahnaga chiqdi. Bu haqda 12uz.com xabar berdi.
“Toch v toch”ning maxsus Alla Pugachyovaga bag‘ishlangan bosqichida Sevara Rossiya estradasi primadonnasining “Sevib tonmaydilar” (“Не отрекаются любя”) ashulasini ijro etdi.
Hakamlar hay’ati a’zolari: Leonid Yarmolnik, Anna Ardova, Lyubov Kazarnovskaya va Gennadiy Xazanov o‘zbek xonandasining chiqishini a’lo darajada, deb baholadi va unga 20 ball qo‘ydi. Keyinroq betaraf hakam — Rossiya xalq artisti Alla Pugachyova ham Sevaraning ijrosini 5 ballga loyiq, deb topdi va u maksimal 25 ball to‘pladi.
Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon mazkur shouning birinchi raundida 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni, ikkinchi bosqichida 21 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni, uchinchi turida 25 ball to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. To‘rtinchi raundda Sevara Dmitriy Koldun va Irina Dubsova bilan bir xil — 24 ball, beshinchi bosqichda 23 ball, oltinchi turda va yettinchi turlarda 24 balldan to‘plagan edi.
Izoh (0)